
Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev Bog‘izag‘on mahallasida shirinliklar ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan "MORLI" MCHJ korxonasi bilan tanishdi.
Korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida turli xil qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash barobarida eksport salohiyatini ham oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 4 milliard 590 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, eksport hajmi 83 ming AQSH dollariga yetgan.
Ayni paytda korxonada 11 nafar mahalliy aholi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlagan.

Bunday ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati hudud sanoatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.✅Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram |Youtube

комментариев