» » “Jajji nurli yulduzlar” tanlovi o‘tkazildi

“Jajji nurli yulduzlar” tanlovi o‘tkazildi

Tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Jajji nurli yulduzlar” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 5–7 yoshli iste’dodli tarbiyalanuvchilari o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyon etdilar.
Tanlovning asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi iste’dodli bolalarni aniqlash va ularning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, xalq og‘zaki ijodiyotini rivojlantirish, milliy va umumbashariy qadriyatlarni keng targ‘ib etish hamda yosh avlodni milliy an’analar ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
“Folklor” yo‘nalishida.
44-DMTT tarbiyalanuvchilari jamoasi;
“Xalq ertaklari” yo‘nalishida – 7-DMTT tarbiyalanuvchilari jamoasi;
“Maqollar”yo‘nalishida – 7-DMTT tarbiyalanuvchilari jamoasi;
“Alla” yo‘nalishida – 28-DMTT tarbiyalanuvchilari jamoasi;
“O‘yin va milliy an’analarni aks ettiruvchi chiqishlar” yo‘nalishida – 41-DMTT  jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

комментариев