Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jo‘rayev Samarqand viloyati Toyloq tumani Sariosiyo mahallasida aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga qaratilgan loyihalar natijalari bilan tanishdi.
Tashrif davomida ehtiyojmand oilalar uchun 2 sotix yer maydonida tashkil etilgan zamonaviy tovuqxonalar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha oilalarning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qilmoqda.
Marat Jo‘rayev loyihaning amaliy natijalarini yuqori baholab, bu kabi daromadli loyihalarni kengaytirish, har bir oilaga manzilli yondashuv asosida ko‘mak ko‘rsatish hamda hududlarda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.📌 Telegram📌 Instagram 📌 Facebook

комментариев