» » Talliota mahallasida “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida amaliy seminar o‘tkazildi

Talliota mahallasida “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida amaliy seminar o‘tkazildi

Toyloq tumani Talliota mahallasida “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahallalarni ixtisoslashtirish, hududda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish hamda jinoyatchilikdan holi hududni shakllantirishga qaratilgan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev, Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i T. Mahmudov, sho'ba mudiri Sh.Raxmonov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i E. Rahmatov hamda mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etdilar.
Amaliy seminar urug‘chilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tomorqachi Saidamir Akilov xonadonida tashkil etilib, mahallani ixtisoslashtirish, tomorqalardan samarali foydalanish orqali aholi bandligini ta’minlash, daromadlarni oshirish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ faoliyati va xizmatlari haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminar davomida mas’ullar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish, mahalla miqyosida aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев