O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toyloq tuman Kengashi apparat rahbari Zoyirjon Ziyodullayev hamda O‘ZLIDEP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri, tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova partiya tomonidan o‘tkazilayotgan “Ishbilarmon ayol–2026” ko‘rik-tanlovi doirasida tashkil etilgan “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi asosida tumandagi Navzandak va Adas mahallalarida bo‘lib, tadbirkor, tikuvchi va tomorqachi xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdilar.
✅Navzandak mahallasida yashovchi tikuvchi Feruza Soliyeva 15 yildan buyon tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelmoqda. U o‘z faoliyati davomida mahalladagi 2 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlagan bo‘lib, bugungi kunda 30 nafarga yaqin shogirdlariga kasb sirlarini o‘rgatib kelmoqda.
✅Shu mahallada istiqomat qiluvchi tomorqachi ayol Zuxra Do‘storova esa xonadonidagi 5 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etib, rayhon, pomidor va gul ko‘chatlarini yetishtirmoqda. Uning aytishicha, oilasi bilan shu mo‘jazgina hovlida mehnat qilib, barqaror daromad topib kelmoqda.
✅Adas mahallasida yashovchi Feruza Qorayeva esa 20 yildan buyon turli xil pishiriqlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi. U mahalladagi 5 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlagan bo‘lib, shu kunga qadar 50 nafarga yaqin shogirdlarga o‘z mahoratini o‘rgatgan.
✅Bunday tashabbuskor va mehnatsevar ayollar mahalladagi xotin-qizlar uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ular o‘z mehnati orqali nafaqat oilasi daromadini oshirib, balki boshqa ayollarni ham ish bilan ta’minlab kelmoqdalar.
✅Shuningdek, mazkur tashabbuslarni amalga oshirishda hududlardagi hokim yordamchilarining ham munosib hissasi bor. Ana shunday tadbirkor xotin-qizlar faoliyati tufayli Toyloq tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida ijobiy natijalarga erishilayotgani alohida ta’kidlandi.🌐 https://t.me/uzlidep_samarqand

комментариев