» » “Mustaqillik to‘yi” festivali

“Mustaqillik to‘yi” festivali

Bugun tumanimizdagi madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurodov, kinoaktrisaOygul Abdurahmonova, xonanda Tohirbek Hamidov hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Erkin Qaytarov ishtirok etdi.
Taniqli san’atkorlarning chiqishlari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Festival Vatanimiz mustaqilligi, tinchlik-osoyishtalik va milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashga xizmat qildi.

комментариев