
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tashabbusi bilan “TexnoBus” texnologik mobil taʼlim platformasi tumanimizda bo‘lib, atrofiga qiziquvchi yoshlarni yig‘ishga va yoshlar hayotiga texnologiyalarni kirib kelishini taʼminlashga o‘z xissalarini qo’shishdi.

Yoshlar "TexnoBus"ning imkoniyatlari va afzalliklari bilan tanishtirildi. Robototexnika bo‘yicha ilk saboqlar, bazaviy mashg‘ulotlar hamda mahorat darslari o‘tildi.
Uchrashuv yakunida iqtidorli va sohaga qiziqishi baland bo‘lgan bir guruh yoshlarga DEVISER elektronika konstruktorlari sovg‘a qilindi.
комментариев