Tadbirda Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev hamda bir guruh faol jamoatchi nuroniylar, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.Ochilish marosimida so‘zga chiqqan tuman hokimi mazkur ta’lim muassasasi yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanini qayd etdi.
Yangi tashkil etilgan “Wunderland” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti zamonaviy talablarga mos jihozlangan bo‘lib, unda bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.Tadbir davomida mehmonlar muassasa binosi, yaratilgan sharoitlar hamda o‘quv jarayonini tashkil etish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur ta’lim maskanining faoliyat boshlashi tumanda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, bolajonlar uchun yanada qulay va sifatli ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.

комментариев