Bugun tuman hokimligida dala chetlaridan samarali foydalanish hamda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish maqsadida yengil konstruksiyalar asosida pillaxona, molxona, dala shiyponi va muzxona qurishga ruxsat berilgan fermer xo‘jaliklari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, tegishli fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari qatnashdi.Tadbir davomida qurilish ishlarini amalga oshirish uchun arizalarni belgilangan tartibda shakllantirish, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda qurilish jarayonlarini bosqichma-bosqich boshlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, ariza topshirish tartibi va talab etiladigan hujjatlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish yakunida fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев