» Tuman hokimi yaponiyalik konsultantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Tuman hokimi yaponiyalik konsultantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev Yaponiya qurilish loyihalari bilan shug‘ullanuvchi konsultantlarni qabul qildi. Uchrashuv davomida Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) tomonidan Toyloq tumanidan o‘tuvchi A377 avtomobil yo‘lini  kengaytirish hamda yo‘l harakatidagi tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot jarayonida yaponiyalik mutaxassislar avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish, harakat xavfsizligini oshirish, transport oqimini tartibga solish hamda zamonaviy muhandislik yechimlarini joriy etish bo‘yicha takliflarini bildirdilar. Loyihalarda piyodalar va transport vositalari harakatini qulaylashtirish, avtohalokatlar xavfini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida tuman hokimi mazkur loyihalarning hudud infratuzilmasini rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidlab, ularni amalga oshirishda tomonlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga loyihalarni chuqur o‘rganish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli takliflarini  bildirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев