Xotira aziz, qadr muqaddas

Umr bo'yi el xizmatda bo'lgan, xalq farovonligi yo'lida mеhnat qilgan insonlarning xotirasi o'lmaydi, qalblarda mangu yashaydi. 1956-2005 yillarda yashagan xalqparvar va fidoiy inson Jamshid Ashurovning yorqin xotirasi haqida ham ushbu fikrlarni aytish mumkin. Qator yillar turli davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan Jamshid Ashurov  2000-2005  yillarda tuman hokimi bo'lib faoliyat yuritdi. 
14-15 may kunlari tumandagi 4-umumta'lim maktabida ushbu fidoiy inson xotirasiga bag'ishlab fudbol bo'yicha xotira turniri tashkil qilindi. Ochilish marosimida Rеspublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, tuman sportni rivojlantirish bo'limi, tuman XTB mutasaddilari ishtirok etib, J. Ashurovning ezgu va xayrli amallarini ta'kidlab o'tishdi. Shundan so'ng musobaqaga start berildi.

комментариев