» » Osiyo kubogi o'z nihoyasiga yetdi

Osiyo kubogi o'z nihoyasiga yetdi

13-15 may kunlari  Qozog'istonning Almati shahridagi Baluan Sholak nomli sport saroyi mezbonlik qilgan Dzyu-do kurashi bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo kubogi bo'lib o'tdi. Ushbu nufuzli musobaqada 
AQSH, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, O‘zbekiston hamda Qozog'iston Respublikalaridan 400 ga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. 
O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Toyloq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining 2 nafar sportchilari ishtirok etishib, shohsupadan joy oldi. 
50 kg vaznda Umirov Javohir hamda 90 kg vaznda Samanov Alisher faxrli 3-o'rinlarni qo'lga kiritishdi. Sportchilarimizga  Osiyo kubogida kollejning Dzyu-do bosh murabbiyi Mamanov Husniddin  trenner sifatida boshchilik qilib bordi.
Bugun sportchilar kollej ma'muriyati tomonidan kutib olindi.
Sportchilarimizni va ularning murabbiylarini ushbu g'alabalar bilan qutlaymiz!

комментариев