Italiya poytaxti Rim shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha o'smirlar (U 17) o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Dunyo birinchiligining birinchi kuni O'zbekiston yunon-rum kurashi terma jamoasi safida Toyloq yakka kurash va suv sport turlariga tayyorlash olimpiya markazi 9-sinf o'quvchisi Shaxzodbek Ro'zioxunov kurashga kirishdi. Shaxzodbek birinchi davrada ozarbayjonlik raqibi HUSEYN SAVADOVni mag'lub etdi. Ikkinchi davrada Ruminiyalik raqibi IONUT MEREUTA ustidan ishonchli g'alabalarni qo'lga kiritib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Sportchimiz finalda rainalik raqibi YEVHEN POKOVBA ga qarshi gilamga chiqdi. Afsus sportchimizga ozgina omad yetishmadi. Shaxzodbek finalda ukrainalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Shu tariqa sportchimiz Italiyadagi Jahon chempionatida faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritib, kumush medal sohibiga aylandi.
комментариев