» » Toyloqlik Marziya ona Shamsiyeva “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

Toyloqlik Marziya ona Shamsiyeva “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

  Joriy yilning 27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi.
    Mazkur farmonga ko‘ra  front orti xizmatchisi 104 yoshli toyloqlik onaxon Marziya Shamsiyeva “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.
    Bugun Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Bahodir Qodirov, Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov hamda tuman faollari Marziya ona Shamsiyevaning xonadonida bo‘lib, mukofot bilan qolaversa, Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami bilan qutlashdi. Medal, bir martalik pul mukofoti hamda bayram sovg‘alarini topshirib, onaxonning duosini olishdi.

комментариев