
Tahririyat qoshida tashkil etilgan ijodkor yoshlar toʻgaragining Toyloq Axborot-kutubxona markazida boʻlib oʻtgan navbatdagi mashgʻuloti 21-oktyabr – Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 34 yilligiga bagʻishlandi
“INFOLIB OʻZBEKISTON–2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi dasturiga ham kiritilgan bu galgi tadbirning oʻziga xos jihati umidli yosh qalamkashlar — Eʼzoza Asrorova, Farzona Toʻraqulova va Shalola Xursandovalarning yangi turkum sheʼrlari taqdimoti boʻldi. Ijodkor qizlarning jiddiy izlanishlari ijobiy baholandi. Gazetamizda ularning ijod namunalari berilmoqda.
“
Siyob mavjlari” tuman ijodkor yoshlar toʻgaragining navbatdagi mashgʻuloti shu yil 30-noyabr, payshanba kuni soat 14.00da yana Toyloq Axborot-kutubxona markazida binosida oʻtkaziladi.
A. ORZIMURODOV
комментариев