Yaqinda o‘tkazilgan “Robo-coding” olimpiadasining viloyat bosqichida 5–8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida maktabning iqtidorli o‘quvchisi — 5-sinf o‘quvchisi Mardonov Muslihiddin faxrli 1-o‘rinni egalladi. U yosh bo‘lishiga qaramay, viloyat miqyosida yuqori natija ko‘rsatib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi.Mazkur g‘alaba natijasida Muslihiddin Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Uning bu muvaffaqiyati maktab jamoasi va o‘quvchilar uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.
Muslihiddinga Respublika bosqichida ham ulkan zafarlar tilaymiz.

комментариев