
Toyloq tumanidagi Gʻo‘lba mahallasida yashovchi Baxtiyor Tursunov ko‘p yillardan buyon hovlisidagi tomorqada issiqxona tashkil etib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib kelmoqda.

Tumandoshimiz tomorqasida yetishtirayotgan kartoshka mahsulotini tez kunlarda ichki bozorga olib chiqmoqchi. Bugun Respublika ishchi guruhi a’zosi S.Umurzoqov hamda Samarqand viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi mutaxassisi Sh.O‘roqovlar usta dehqon bilan uchrashib, uning dehqonchilik borasidagi tajribasi, daromadi haqida suhbatlashishdi.
комментариев