NURONIY OTAXONLAR BELLASHUVI

   Tuman  Nuroniylar maskanida faxriy otaxonlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqalarining tuman bosqichi o‘tkazildi. Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan tashkil etilgan bellashuvda mahallalardan 40ga yaqin 60 va undan yuqori yoshdagi  otaxonlar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Yakuniy natijalarga  ko‘ra shaxmatchilar musobaqasida Galabotir mahallasi vakili Amir Buxorovga teng keladigan raqib topilmadi. Keyingi sovrinli o‘rinlar Obloqul Jabborov (Muborak mahallasi) hamda To‘lqin Aliqulov ( Nurafshon mahallasi)ga nasib etdi. Shashkachilar bellashuvida Urayelipoklik Xudoyberdi Boboyevga teng keladigan raqib topilmadi. Taniqli faxriy xonanda, Ziyodullo Salimov  hamda shifokor Nurillo Bahriyevlar keyingi o‘rinlarni band etdilar. Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Gʻoliblar musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdilar.
Zafar SHOMURODOV,
musobaqa hakami.

комментариев