» » Toyloqda Sayxunobod tajribasi ommalashmoqda

Toyloqda Sayxunobod tajribasi ommalashmoqda

Mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, aholining tomorqadan unumli foydalanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda. 
    Toyloq tumanida ham ana shunday e’tibor samarasida tomorqadan unumli foydalanib, oilasi farovonligi, bozorlarimiz to‘kinligiga munosib hissa qo‘shayotgan tumandoshlarimiz ko‘p.
   Tuman hokimi,1-sektor rahbari B.Bobonazarov hamda 3-sektor rahbari O. Xo‘jamovlar Tepaqishloq mahallasida bo‘lib, aholi tomorqadan qanday foydalanayotganini o‘rganishdi. Aholi xonadonlariga kirib, uy sohiblari bilan tomorqa madaniyati haqida suhbatlashishdi. Sayxunobod tajribasi asosida mahallada “Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirildi.

комментариев