» » Toyloqning bilimdon o‘quvchilari “Zakovot”da g‘olib bo‘ldi

Toyloqning bilimdon o‘quvchilari “Zakovot”da g‘olib bo‘ldi

Kecha Samarqand shahrida akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining viloyat final bosqichi bo‘lib o‘tdi. 
    Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan turnirda 74 ta ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etishdi. 
   Quvonarlisi, mazkur bellashuvda  Toyloq tumani 1-son kasb-hunar maktabi bilimdonlari 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi.

комментариев