104 YOSHLI MOMONING XONADONIDA

 Ma’lumki, yurtimizda an’anaviy tarzda "Keksalar haftaligi" o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilning 2-8-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan haftalikka tumanimizda ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rildi. Nuroniy"jamg‘armasi Toyloq tuman bo‘limining tadbirlar rejasi asosida 2 oktyabr kuni Muborak mahallasida yashovchi 104 yoshli Shamsiyeva Marziya momoning xonadonida "Asr bilan yuzma-yuz" tadbiri bo‘lib o‘tdi . Unda tuman hokimligi, Nuroniy jamg‘armasi tuman kengash a’zolari , tuman madaniyat uyi vakillari , mahalla faollari , asr yoshidan oshgan Momoning farzandlari , nabira abiralari   ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar  hammaga ham Marziya momoni erishgan saodatli kunlari nasib qilishini tilashdi.  Tuman madaniyat xodimlariningdilbar qo‘shiqlari tadbirga o‘zgacha rux bag‘shlashdi.

комментариев