Unda ishtirok etgan harbiylar, sportchi yoshlar, korxona va tashkilotlar xodimlari tuman hokimligi binosi oldidan markaziy stadion tomon harakatlandi.
O‘yingohda yig‘ilgan ishtirokchilarni tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan qutlab, ezgu tilaklarini bildirdi.
Shundan so‘ng madaniyat bo‘limi xodilari tomonidan Vatan, bayroq, mustaqillikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.
Harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali jangovor chiqishlar yig‘ilganlarning qalbida faxr tuyg‘usini uyg‘otdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
комментариев