Bugun tumandagi 1-son kasb-hunar maktabida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Ushbu o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida Toyloq tumanida faoliyat olib borayotgan 14 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 188 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.
Yarmarkada jami 62 nafar fuqarolar ishtirok etdi, shundan 34 nafari yoshlar, 28 nafari xotin-qizlarni tashkil etdi. Ishlash istagi bo’lgan 12 nafar fuqarolarga turli sohalarga ishga joylashish uchun yo‘lanmalar berildi va ishga joylashtirildi. Bundan tashqari 8 nafar fuqarolarga kasb-hunarga o’qishi uchun yo‘llanmalar berilgan bo'lsa, tadbir qatnashchilarining 14 nafariga O‘zbekiston Respublikasining «Аholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonuni mazmun mohiyati va mehnat qonunchiligi to‘g‘risida va turli sohalarga ishga joylashish maqsadida huquqiy maslahatlar berildi.
комментариев