📌Bugun tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-4-sektor hududidagi umumta'lim maktab direktorlari ishtirokida 2024-yil sarhisobi hamda 2025-yilgi ustuvor vazifalar to‘g‘risida seminar 62- umumta'lim maktabida o‘tkazildi.📎Unda maktab direktorining ta’lim sifatini oshirish uchun oldiga qo‘ygan maqsadlar va rejalar bo'yicha taqdimot hisoboti eshitildi. Seminar davomida 62-umumiy o'rta ta'lim maktabning fan o'qituvchilarining darslari direktorlar tomonidan tahlil qilindi. Seminar so'ngida dars tahliliga kirgan maktab direktorlari o'qituvchilarning darsga tayyorgarligi bo'yicha fikr mulohazalarini bildirishdilar. Ananaga muvofiq o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasida kitobxonlik madaniyati borasida qilingan ishlar namoyish etildi.
Кanalga qo‘shiling:👇
👉 @qushchinor_uz

комментариев