Jajji shaxmatchilar

​​​Tuman Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida
“Shaxmat festivali” musobaqasining tuman bosqichi oʻtkazildi. 

Unda tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan gʻolib boʻlgan jami 23 nafar ishtirokchi qatnashdi. Musobaqani tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi boshligi Oʻ. Usmonov ochib berdi.
Yakuniy natijalariga koʻra, oʻgil bolalar oʻrtasida 1-oʻrinni 5-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Abdullayev A’zam, 2-oʻrinni tuman Ilk rivojlanish markazi tarbiyalanuvchisi Toshtemirov Muhammadjon, 3-oʻrinni tuman Ilk rivojlanish markazi tarbiyalanuvchisi Mustafoyev Jonibek qo‘lga kiritdi.
Qizlar oʻrtasida esa 1-oʻrin 5-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Olchinboyeva Ziynatga,
2-oʻrin 5-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Sodiqova Samiraga,  3-oʻrin esa  34-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Hamzayeva Nilufarga nasib etdi.
Gʻoliblar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

комментариев