
Ko‘rinishidan mahalliy qushlarga o‘xshamaganligi sababli tabiatga befarq bo‘lmagan Talliota mahallasida yashovchi fuqaro Said Azimov tuman Ekologiya bo‘limiga murojaat qilishgan.
Aniqlanishicha, ushbu qush burgutsimonlar oilasiga mansub Jo‘rchi qushi bo‘lib, noyob tur hisoblanadi.
Ayni paytda mazkur qush davlat inspektorlari tomonidan qabul qilib olinib, Zarafshon milliy tabiat bog‘ining reabilitatsiya markaziga maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida topshirildi. U tez orada tabiat qo‘yniga qo‘yib yuboriladi.
Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi o‘z vaqtiga xabar bergan Toyloq tumani Talliota mahallasida yashovchi fuqaro Said Azimovga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#samarqandmtrk
Telegram | Facebook | Youtube |Admin
комментариев