
Toyloq tumani “Xo‘jayuz” MFYda joylashgan mahalla hovuzi atrofidagi bir tup ko‘p yillik o‘sib turgan chinor daraxti shu mahallada yashovchi fuqaro S.R tomonidan hech bir ruxsatlarsiz noqonuniy ravishda kesib tashlaganligi holati aniqlangan.

Toyloq tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor o‘rganishlar jarayonida huquqbuzar fuqaro daraxtni noqonuniy tarzda kesib tashlashi oqibatida tabiatga 115 125 000 so‘m zarar yetkazganligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holatda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorida jinoyat alomatlari borligi sababli aybdor shaxslarga nisbatan qonun talablariga muvofiq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etildi.
Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga qo‘shiling👇👇
https://t.me/econewssamarqand
комментариев