» » Ozodalik — xonadondan, obodlik — mahalladan boshlanadi!

Ozodalik — xonadondan, obodlik — mahalladan boshlanadi!


Biz — dunyoda eng mehrli, oqibatli va tanti xalq farzandlarimiz. Xalqimizning “Ko‘pchilik baraka keltiradi” degan hikmati zamirida ulkan haqiqat mujassam. Tarixning har qanday sinovli davrlarida ham ota-bobolarimiz bir-biriga yelkadosh bo‘lib, hashar yo‘li bilan kanallar qazigan, uylar qurgan, yo‘llar solgan, masjid va madrasalar tiklagan.

Bugungi tinch va farovon kunlarimizda ham hashar — milliy o‘zligimizning ajralmas qismiga aylangan. To‘y bo‘lsa — hashar, bayram bo‘lsa — hashar!

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan, 2026 yil 13-14 mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, hasharga alohida nom berildi — “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” 

Shu munosabat bilan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining xalqimizga, “mahalla yettiligi” a’zolari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillariga murojaati yo‘llandi.

MUROJAAT

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook

комментариев