✅So‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari xalqaro maydonda o‘z salohiyatini namoyon etib, katta yutuqlarga erishmoqda. Bu natijalar tasodifiy emas, balki izchil islohotlar va yaratilgan imkoniyatlarning amaliy samarasidir. Xususan, “Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va yutuqlarni tizimli o‘sishga aylantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.✅Avvalo, intellektual salohiyat borasidagi yutuqlar e’tiborga molik. Yoshlarimiz xalqaro fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush va 221 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu ko‘rsatkichlar ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, ixtisoslashgan maktablar va murabbiylar mehnatining natijasidir.✅Bugun 500 nafardan ortiq talaba dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari — Harvard University, Yale University va Princeton University kabi universitetlarda tahsil olmoqda. Shuningdek, 3,5 mingdan ziyod yoshlar dunyodagi TOP-100 universitetlarda bilim olayotgani mamlakatimiz yoshlarining raqobatbardoshligi ortib borayotganidan dalolat beradi.
✅Innovatsiya va tadbirkorlik sohasida ham salmoqli natijalar kuzatilmoqda. 63 ta startap loyihasi AQSH, Koreya, Britaniya va BAA bozorlariga chiqqani — yoshlarimiz global iqtisodiy makonda o‘z o‘rnini topa olayotganining yaqqol isboti. Bugun mamlakatimizdagi tadbirkorlarning 35 foizini aynan yoshlar tashkil etayotgani esa ularning iqtisodiy faolligi ortib borayotganini ko‘rsatadi.
✅Eng muhimi, bu yutuqlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgani yo‘q. Yoshlarga sifatli ta’lim olish, xorijda o‘qish, startaplarni yo‘lga qo‘yish va biznes boshlash uchun zarur sharoitlar yaratildi. Imtiyozli kreditlar, grantlar, inkubatsiya markazlari va xalqaro hamkorlik dasturlari orqali yoshlar o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘ldi.
✅Endigi vazifa — ushbu yutuqlarni yakka holatdagi muvaffaqiyat emas, balki tizimli o‘sishga aylantirishdir. Bilimli, tashabbuskor va raqobatbardosh yoshlar mamlakat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib qolishi uchun qo‘llab-quvvatlash izchil davom ettirilishi zarur.
Zero, yaratilgan imkoniyatdan samarali foydalangan yoshlar — Yangi O‘zbekiston
ning eng katta boyligidir.
Q.Nizomov, O‘zXDP Toyloq tuman
kengashi raisi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев