» » Tarbiyalanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi

Tarbiyalanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi

Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev hududdagi 10-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, bolalarning ta’lim-tarbiyasi hamda pedagogik jarayon sifati atroflicha o‘rganildi.
Hokim dastlab mashg‘ulot xonalarini ko‘zdan kechirdi. Guruhlarda bolalar uchun yaratilgan qulay va zamonaviy sharoitlar, didaktik materiallar, o‘quv-ko‘rgazmali qurollar hamda o‘yin maydonchalari holatini ko‘zdan kechirdi. Ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlardan foydalanilayotgani, bolalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, o‘rganish davomida muassasadagi mavjud muammolar, taklif va tashabbuslar bildirildi. Xususan, moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash hamda hududni obodonlashtirish masalalari ko‘tarildi.
Tuman hokimi bildirilgan takliflarni ijobiy ko‘rib chiqish, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев