» » Biznesni boshlash va litsenziyalash tartiblarini soddalashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri

Biznesni boshlash va litsenziyalash tartiblarini soddalashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri

2026-yil 10-fevral kuni Toyloq tumani Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi hamda tuman Savdo-sanoat palatasi xodimlari tomonidan DXM binosining majlislar zalida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-noyabrdagi PF-214-sonli “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etilgan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yaratilgan qulayliklar haqida tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan fuqarolarga batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha va tushunarli javoblar berildi.

комментариев