» » 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi

120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi


Toyloq tumanida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolajonlar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida yangi 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi.
Mazkur ta’lim maskanining ochilish marosimida tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, nuroniylar, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladilar.
Yangi muassasa zamonaviy talablar asosida barpo etilgan bo‘lib, bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Guruh xonalari, o‘yin maydonchalari, oshxona va boshqa zarur infratuzilmalar bolajonlarning qulay va xavfsiz muhitda tarbiyalanishiga xizmat qiladi.
Tadbir davomida mehmonlar muassasa binosi, yaratilgan imkoniyatlar hamda bolalar uchun tashkil etilgan ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur maktabgacha ta’lim muassasasining foydalanishga topshirilishi tumanda maktabgacha ta’lim qamrovini yanada kengaytirish, bolajonlar uchun sifatli ta’lim muhitini yaratishda muhim qadam bo‘ldi.

комментариев