Bugun Toyloq tumanidagi “Bog‘izog‘on” kichik sanoat zonasi hududida tuman hokimligi, Bandlikka ko‘maklashish markazi, IIB probatsiya bo'limi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — aholining bandligini ta’minlash, yoshlar va ishsiz fuqarolarga o‘zlariga mos kasb topish, shuningdek, mahalliy korxonalarga malakali kadrlarni tanlab olish imkoniyatini yaratishdan iboratdir.
Yarmarkada 250 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar ishtirok etdi. Tadbir davomida ularning 26 nafari (9 nafari ayollar, 17 nafari erkaklar) ish bilan ta’minlash maqsadida yo‘llanmalar berildi, 8 nafar ishsiz fuqarolarga kasb-hunarga o‘qishga yo‘llanma berilgan bo‘lsa 35 nafariga esa mehnat qonunchiligi bo‘yicha kasb tanlash, mehnat bozori talablari hamda kasbiy malaka oshirish kurslari haqida tushuntirish va maslahatlar berildi.Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram

комментариев