Hurmatli toyloqliklar hamda tumanimiz mehmonlari!Samarqand viloyati hokimining hamda Toyloq tumani hokimining tegishli buyruqlariga asosan joriy yilning 21–23-may kunlari Toyloq tumanida Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat hududiy quyi tizimi (FVDqT) boshqaruv organlari, kuch va vositalari ishtirokida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi.
Mazkur o‘quv mashqlari favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda tegishli xizmatlarning hamkorlikdagi tezkor harakatlarini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.
⚠️Shu munosabat bilan, tumandoshlarimiz va mehmonlardan ushbu o‘quv mashqlarini vahimaga yo‘ymasliklarini, holatni to‘g‘ri talqin qilishlarini hamda o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol hamkorlik qilishlarini so‘raymiz.
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев