O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–392-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Samarqand viloyatida belgilangan “drayver” loyihalarni amalga oshirish maqsadida Toyloq tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.
Xususan, Xo‘jaqishloq, Saribozor, Jumabozor va Jalolobod mahallalari hududidan oqib o‘tuvchi “Darg‘om” kanali bo‘yida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zamonaviy biznes infratuzilmasini yaratish hamda “Sohil bo‘yi” maskani loyihasini hayotga tatbiq etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev hamda mutasaddi rahbarlar loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan joyiga chiqib tanishdi.
O‘rganish davomida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 1,5 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi barpo etilgani ko‘zdan kechirilib, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab berildi.
Shuningdek, hududni obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 141 ta beton tayanch ustun o‘rnatilib, elektr tarmoqlarini tortish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.Tumanda amalga oshirilayotgan mazkur loyiha hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi xizmat ko‘rsatish maskanlarini tashkil etish hamda aholi uchun zamonaviy va qulay dam olish hududini yaratishga xizmat qiladi.
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram |Youtube

комментариев