Toyloq tumanida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali gala-konsert dasturi ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar bilan o‘z nihoyasiga yetdi.
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajakni yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbirida tumanning turli hududlaridan tashrif buyurgan yurtdoshlarimiz bir maqsad — istiqlol shodiyonasini birgalikda nishonlash uchun jam bo‘ldilar.
Konsert avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, bayram tadbiriga tantanavor ruh bag‘ishladi. Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev toyloqliklarni ulug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.
Gala-konsert davomida xalqimizning sevimli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan dilbar taronalar, kuy-qo‘shiqlar va sahna chiqishlari yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, Alisher Fayz, Safiya Sattorova, Nodirbek Shomirzayev kabi taniqli xonandalarning chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Bayramona mushakbozlik va olqishlar ostida yakunlangan gala-konsert istiqlol shodiyonalariga munosib tuhfa bo‘ldi.✅Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram |Youtube

комментариев