» » BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ AYOLLAR!

BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ AYOLLAR!

Ayni damda "Temurjon" bazmgohida 8 mart- Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
     Bayram dasturxoniga 450 nafar kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar, mahalla otinoyilari taklif etildi.
      Tadbirda tuman hokimi B. Bobonazarov so'zga chiqib bayram bilan barcha ayollarni,  munis opa singillarni qutlab,  ularga sog'lik-salomatlik tilab esdalik sovg'alari topshirdi. 
Tuman madaniyat bo'limi xodimlarining kuy-qo'shiqlari bayramga yaxshi kayfiyat ulashmoqda.

комментариев