Ma'muriy reglament tasdiqlandi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2024-yil 31-maydagi qaroriga asosan O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslarga qarab turishning haqiqiy holatini tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. 
  
Mazkur ma’muriy reglament I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bolaga, shuningdek, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turishning haqiqiy holatini tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning tartibini belgilaydi. 
Ushbu Reglamentda — I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yoki 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bola, shuningdek, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalar bilan birga yashaydigan hamda ularga qarab turish uchun mazkur Reglamentga asosan murojaat qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan qarab turilgan vaqt yuritiladi.
 “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi qarab turishning haqiqiy holatlari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar qarab turuvchi shaxsga pensiya tayinlashda ish stajiga kiritish uchun asos hisoblanadi.
 Qarab turish vaqti pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga faqat parvarishga muhtoj shaxs bilan birga yashagan shaxsga (shaxslardan biriga) qo‘shib hisoblanadi.
Qarab turishning holati nogironligi bo‘lgan bolani o‘z qaramog‘iga olgan oilaning a’zosi uchun ham tatbiq qilinadi.
 Qarab turish vaqti O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslarga qarab turishning haqiqiy holatini tekshirish dalolatnomasi asosida belgilanadi.
Dalolatnoma mavjud bo‘lmaganda, qarab turish holati sudning qarori asosida belgilanadi.
 Dalolatnoma 12 oy muddatga rasmiylashtiriladi.
Qarab turishning haqiqiy holati vakolatli organ xodimlari tomonidan har olti oyda bir marotaba joyga chiqqan holda monitoring qilinadi va o‘rganish natijasi bo‘yicha ma’lumotlar “YAMIH” AT orqali yuritiladi.
O‘zgalar parvarishiga muhtojlik (keksalar uchun) vakolatli organ xodimi tomonidan Bartel va Lauton shkalalari yordamida “YAMIH” ATda baholanadi.
Qarorga muvofiq,  o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yoki 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bola shuningdek, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga  to‘lgan qariyalarga qarab turish uchun Toyloq tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar  markazi tomonidan mahallalarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlar ishtrokida 44-nafar, 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bollarga 85 nafar, 80 yoshga to‘lgan keksalarga 196 nafar, I-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga jami tumanimizda 325 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolarga qarash xizmatlari yo’lga qo’yildi va har 6 oyda mahallalardagi ijtimoiy xodimlar yordamida monitoring o’tkazilib borimoqda. 

комментариев