Chempionatda tumanimiz sportchilari ham munosib qatnashib, yuqori natijalarni qayd etishdi.
65 kg vazn toifasida Osiyo chempioni, sport ustasi, tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi Sarvinoz Esanova barcha raqibalarini mag‘lub etib, O‘zbekiston chempioni nomiga sazovor bo‘ldi.Tumandoshlarimiz Azizabegim Najimova (59 kg gacha), Mashhura G‘anieva (65 kg gacha)lar ham sovrindorlar safidan munosib joy olishdi.
Toyloqlik sportchilar Osiyo va Jahon chempionati hamda Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi zaxirasidan o‘rin olib, xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

комментариев