
Toyloq tumanidagi 21-umumta’lim maktabida o‘quvchilari tashabbusi bilan “Navoiy ijodi barhayot” nomli adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi. Tadbir buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosini keng targ‘ib etish, yosh avlod qalbida milliy qadriyatlar va adabiyotga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

Kecha davomida o‘quvchilar tomonidan Navoiy ijodining ko‘p qirralari sahna ko‘rinishlari, she’rlar va kuy-qo‘shiqlar orqali yoritildi. Ayniqsa, o‘quvchilarning musiqiy chiqishlari va sahnalashtirilgan lavhalar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirning eng ta’sirli lahzalaridan biri esa Navoiy “Xamsa”sidagi mashhur qahramonlarning sahnada jonlantirilgani bo‘ldi. Ushbu chiqishlar orqali buyuk shoir asarlaridagi insonparvarlik, ezgulik va ma’naviy kamolot g‘oyalari yanada yorqin ifoda etildi.
комментариев