Toyloq tumanida issiqxona yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari ishtirokida Samarqand tumanida joylashgan “Samarkand group” MChJga amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda korxonada yetishtirilayotgan banan va sitrus mevalarini parvarishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, korxona mutaxassislari tomonidan maxsulot yetishtirishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, sarflanadigan xarajatlar hamda olinadigan daromadlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Amaliy seminar davomida issiqxona rahbarlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha va tushunarli javoblar oldi.Kelgusida banan va sitrus mevalarini Toyloq tumanida ham yetishtirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев