Bugun tuman hokimining o'rinbosari N. Kambariddinova, O'zbekiston mahallalari uyushmasi Toyloq tumani bo'limi boshlig'i Sh.Qaroyev hamda IIB boshlig'ining o'rinbosari I.Esankulovlar Do'stlik mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan elektr energiyasi ta’minoti, ichimlik suvi, moddiy yordam, tibbiy xizmat ko‘rsatish, o‘qish uchun kontrakt to‘lovini qoplash hamda boshqa oilaviy masalalar yuzasidan bir qator murojaatlar bildirildi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir masala atroflicha tinglanib, ularni ijobiy hal etish maqsadida tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇 🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев