» » TAYLOQ TUMANI SAYLOV KOMISSIYASI QARORI

TAYLOQ TUMANI SAYLOV KOMISSIYASI QARORI

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberaldemokratik partiyasiga bo‘shab qolgan o‘ringa Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati saylovida qatnashishga ijozat berish to‘g‘risida
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toyloq tumani Kengashining Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati saylovida qatnashish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20-1, 89 va 93-moddalariga muvofiq, Toyloq tumani saylov komissiyasi
Q A R O R  Q I L A D I:

1. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberaldemokratik partiyasiga Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati saylovida qatnashishiga ijozat berilsin.
2. Mazkur qaror matbuotda e’lon qilinsin.
3. Mazkur qaror nusxasi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toyloq tumani Kengashiga yuborilsin.
                        RAIS:   I.NAVRUZOV

комментариев