» » TAYLOQ TUMANI SAYLOV KOMISSIYASI QARORI

TAYLOQ TUMANI SAYLOV KOMISSIYASI QARORI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga bo‘shab qolgan o‘ringa Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati saylovida qatnashishga ijozat berish to‘g‘risida
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toyloq tumani Kengashining Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati saylovida qatnashish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20-1, 89 va 93-moddalariga muvofiq, Toyloq tumani saylov komissiyasi
Q A R O R  Q I L A D I:
1. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati saylovida qatnashishiga ijozat berilsin.
2. Mazkur qaror matbuotda e’lon qilinsin.
3. Mazkur qaror nusxasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Toyloq tumani Kengashiga yuborilsin.
RAIS I. NAVRUZOV
2025 yil «18» sentabr

комментариев