» » TAYLOQ TUMANI SAYLOV KOMISSIYASI QARORI

TAYLOQ TUMANI SAYLOV KOMISSIYASI QARORI

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga bo‘shab qolgan o‘ringa Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati saylovida qatnashishga ijozat berish to‘g‘risida
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toyloq tumani Kengashining Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati saylovida 
qatnashish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20-1, 89 va 93-moddalariga muvofiq, Toyloq tumani saylov komissiyasi
Q A R O R Q I L A D I:
1. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toyloq tumani Kengashi raisiga Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati saylovida qatnashishiga ijozat berilsin.
2. Mazkur qaror matbuotda e’lon qilinsin.
3. Mazkur qaror nusxasi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toyloq tumani Kengashiga yuborilsin.

RAIS. I.NAVRUZOV
2025 yil «18» sentabr

комментариев