» » TOYLOQDA NAVOIY TAVALLUDINING 585 YILLIGI KENG NISHONLANDI

TOYLOQDA NAVOIY TAVALLUDINING 585 YILLIGI KENG NISHONLANDI

Alisher Navoiy – buyuk o‘zbek mutafakkiri, shoir va davlat arbobi bo‘lib, 1441-yil 9-fevralda Hirotda tavallud topgan. Uning ijodi nafaqat o‘zbek adabiyotining rivojlanishida, balki butun turkiy xalqlarning madaniy merosida muhim o‘rin tutadi. Har yili 9-fevral kuni Navoiy tavallud topgan sana keng nishonlanadi, ilmiy anjumanlar, adabiy tadbirlar va ijodiy uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Xuddi shu kabi tadbirlardan biri bugun Shopo‘lot madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi.  
Tadbirda xalq taʼlimi, tashkilot mutasaddi xodimlari, maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.  Tadbirda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev so‘zga chiqib Navoiyning boy adabiy meʼrosi bilan adabiyotimizni yuksak cho‘qqilarga olib chiqqanligi haqida maʼruza qildi. 
Tadbirda tuman madaniyat bo‘limining musiqiy chiqishlari shuningdek, maktab o‘quvchi-yoshlarining sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlari namoyish qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев